Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasida yangi hujumchi sotib olmoqchi.
Fernando Polo xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yangi transfer uchun 100 million yevro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor.
Jamoaning asosiy maqsadi "Atletiko"dan Xulian Alvaresni sotib olish bo‘lib turibdi.













