Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Kompani "Bavariya"ni Germaniya kubogi finaliga yo‘l olganiga munosabat bildirdi

Kompani "Bavariya"ni Germaniya kubogi finaliga yo‘l olganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya Kubogi yarim finalida «Bayer» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Myunxenliklarga g‘alaba keltirgan gollarga Xarri Keyn va Luis Dias mualliflik qilishdi.

O‘yindan so‘ng «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Birinchi kundan beri hamma Berlindagi final haqida gapiradi. Nihoyat u yerda o‘ynashimizdan juda xursandman. Bugun birinchi bo‘limni a’lo darajada o‘tkazdik — yuqori intensivlik bilan harakat qilib, raqibga imkoniyat qoldirmadik. Tanaffusdan so‘ng «Bayer» bosimni oshirdi va bizni himoyalanishga majbur qildi, ammo vaziyatni yaxshi nazorat qildik. Biz barcha sovrinlarni yutishimiz mumkin va bu jarayondan zavq olmoqdamiz», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.

Germaniya Kubogining ikkinchi finalchisi payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Shtutgart» va «Frayburg» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Hal qiluvchi final uchrashuvi an’anaga ko‘ra Berlinda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 11:39, 23.04.2026.
O'qildi: 332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик