Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Fernandesh shaxsiy mukofotlar jamoaviy yutuqlardan yoqimliroq ekanini aytdi

Fernandesh shaxsiy mukofotlar jamoaviy yutuqlardan yoqimliroq ekanini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh futbolda shaxsiy mukofotlarni olish unga yoqimli ekanini ta’kidladi.

«Futbolchilar va jurnalistlar talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga nomzodlar qatorida bo‘lish men uchun katta sharaf. Jamoaviy sovrinlarni yutishni xohlashimiz haqida qancha xohlasangiz gapirishingiz mumkin. Bu haqiqat. Lekin shaxsiy mukofotlar har doim yoqimli. Siz uchun futbolchilar ovoz berishadi. Bu boshqacha ahamiyatga ega, chunki siz ularga qarshi o‘ynagansiz. Agar ular sizni ligadagi eng yaxshilardan biri deb tan olishsa, bu katta imtiyozdir», — deya Fernandeshning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.

Joriy mavsumda 31 yoshli portugaliyalik barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi assistentlar reytingida u faqat Tyerri Anri va Kevin De Bryoynedan (20 ta golli uzatma) ortda qolmoqda.

Kiritildi: 09:08, 25.04.2026.
O'qildi: 491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик