Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Ishni oxiriga yetkazish kerak»: Ian Rayt «Arsenal»ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida

«Ishni oxiriga yetkazish kerak»: Ian Rayt «Arsenal»ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida

Baho:
+ | -

Mashhur sobiq futbolchi Ian Rayt Londonning «Arsenal» klubi Premyer-liga doirasida «Nyukasl» ustidan qozonilgan g‘alabasi (1:0) haqida fikr bildirdi. «Kanonirlar» 9-daqiqada Eberechi Eze tomonidan kiritilgan gol evaziga zafar quchishdi.

Mikel Arteta jamoasi «Manchester Siti»ni uch ochkoga ortda qoldirgan holda yana turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi, biroq «shaharliklar» o‘z o‘yinini keyinroq o‘tkazishadi.

«Biz osonlik bilan g‘alaba qozonayotganimiz yo‘q — muvaffaqiyatlar qiyinchilik bilan kelmoqda. Ammo mavsumning bu bosqichida ishni shunchaki oxiriga yetkazib qo‘yish kerak. Bu safar vazifa bajarildi, lekin raqib o‘yinga yomon holatda yetib kelgani bizga qo‘l keldi. «Nyukasl» muxlislari o‘rnida bo‘lganimda juda xafa bo‘lardim, ammo «Arsenal» uchun xursandman», — deya Raytning so‘zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Chorshanba kuni, 29 aprel kuni London grandi Madridda Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:43, 26.04.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик