Sandro Sherer Chempionlar ligasi doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib boradi.
Jamoalar seshanba kuni Parijda ilk yarim final uchrashuvini o‘tkazishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da (seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Shveysariyalik hakamga Ispaniyadan kelgan hakamlar brigadasi yordam beradi. VAR tizimi uchun esa Karlos del Serro Grande mas’ul etib tayinlandi.













