Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Merson «Chelsi» uchun munosib nomzodlarni aytdi: «Ularga top-murabbiylar kerak emas»

Merson «Chelsi» uchun munosib nomzodlarni aytdi: «Ularga top-murabbiylar kerak emas»

Baho:
+ | -

«Arsenal» klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Merson Liem Rosenyor iste’fosidan so‘ng «Chelsi» boshqaruvi uchun kimlar munosib ekani haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, londaliklar rahbariyati o‘tgan haftada yanvardan buyon ishlab kelayotgan Rosenyorni lavozimidan ozod etgan edi.

«Men «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xauni tanlagan bo‘lardim. Bilaman, u ayni damda bosim ostida, ammo «Chelsi»ga aynan shunday mutaxassis kerak.

Menimcha, klub top-murabbiylarni emas, balki «Chelsi»da ishlash imkoniyati uchun klubdan minnatdor bo‘ladigan murabbiylarni tayinlashi lozim. Masalan, «Bornmut»dagi Andoni Iraola — juda yaxshi murabbiy, uning statistikasi ham ajoyib. «Chelsi» har bir o‘yinda yugurish borasida raqiblariga imkoniyatni boy bermoqda. Jamoa yosh, ammo ularga tajriba va yangi qon kerak. Top-murabbiy bu yerga kelib, faqat yangi transferlarni talab qilishi mumkin», — dedi Merson.

Kiritildi: 23:11, 27.04.2026.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик