Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

«Barselona» himoyachisi maoshi kamayishiga rozi bo‘lmadi. U yozda tekinga ketishi mumkin

«Barselona» himoyachisi maoshi kamayishiga rozi bo‘lmadi. U yozda tekinga ketishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa himoyachisi Andreas Kristensenning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va uning klubda qolishini istaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis daniyalik himoyachining o‘yinidan mamnun, biroq gap futbolchini har qanday holatda ham olib qolish haqida ketmayapti. Avvalroq Kristensen «Barselona»ning maoshi pasaytirilgan holda shartnomani bir yilga uzaytirish haqidagi taklifini rad etgan edi.

Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, 30 yoshli futbolchi shu yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi. Hozirda unga Angliya, Germaniya va Italiya klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Joriy mavsumda Kristensen barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.

Kiritildi: 11:31, 28.04.2026.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик