Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Abelardo: «Luis Enrike «PSJ» bilan 4-5 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir»

Abelardo: «Luis Enrike «PSJ» bilan 4-5 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir»

Baho:
+ | -

Ispaniyalik sobiq himoyachi Abelardo o‘zining yaqin do‘sti va «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikening maqsadlari hamda erishgan natijalari haqida fikr bildirdi.

Abelardo va Enrike o‘z vaqtida «Sporting Xixon», «Barselona» va Ispaniya terma jamoasida birga to‘p surishgan.

«Luis juda ambisiyali va hech qachon g‘alabalardan charchamaydi. U futbol tarixida eng yaxshi bo‘lishni va o‘z merosini qoldirishni istaydi. Uning hisobida ikkita YECHL kubogi bor (birinchisini «Barsa» bilan 2015 yilda qo‘lga kiritgan — tahr.), lekin u bu musobaqada 4 yoki 5 marta zafar quchishga qodir. Bu u uchun yangi chaqiruv bo‘lishi mumkin», — dedi Abelardo.

Shuningdek, sobiq futbolchi «PSJ»ning o‘tgan yilgi tarixiy g‘alabasini alohida e’tirof etdi:

«U «PSJ»ga ilk YECHL kubogini olib keldi va buni juda ta’sirli tarzda amalga oshirdi. Finalda «Inter»ni (5:0) tor-mor etishdan avval Angliyaning uchta grandi — «Liverpul», «Aston Villa» va «Arsenal»ni musobaqadan chiqarib yubordi. Bu penaltilar seriyasidagi tasodifiy g‘alaba emas, haqiqiy dominantlik edi».

Kiritildi: 12:22, 28.04.2026.
O'qildi: 374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик