Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

La Liga rahbari «Barselona»ning 100 ochko to‘plashini istamayapti

La Liga rahbari «Barselona»ning 100 ochko to‘plashini istamayapti

Baho:
+ | -2

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xavyer Tebas «Barselona»ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.

Kataloniyaliklar mavsumni 100 ochkolik ko‘rsatkich bilan yakunlashlari mumkin – buning uchun chempionatda qolgan barcha beshta o‘yinda, jumladan, Madridning «Real» klubiga qarshi bahsda ham g‘alaba qozonish talab etiladi.

«Menga jamoalarning 100 ochko to‘plashi yoqmaydi. Bu juda ko‘p. To‘g‘ri, «Real» va «Atletiko» ko‘p ochko yo‘qotdi va o‘z darajasidan past ishtirok etdi, lekin chempionning 90 ochkodan ko‘p jamg‘arishini xushlamayman», – deya Tebasning «ko‘k-anorranglilar»ning ehtimoliy rekordi haqidagi savolga bergan javobidan iqtibos keltirmoqda Managing Barca.

Navbatdagi turda Xans-Diter Flik shogirdlari «Osasuna» mehmoni bo‘lishadi. Uchrashuv 2 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:15, 29.04.2026.
O'qildi: 6083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик