Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«MYU» oyning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi

«MYU» oyning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Ushbu e’tirofga jamoadagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan yarim himoyachi Kazemiro sazovor bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi yakunlangan oyda «qizil iblislar»ning uchta o‘yinida ishtirok etib, o‘z hisobiga ikkita gol ( «Lids» va «Brentford» darvozalariga) yozdirib qo‘ydi. O‘tgan oyda bu sovrin jamoa sardori Brunu Fernandeshga nasib etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kazemiro mavsum yakunlangach, «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida tark etadi. 34 yoshli futbolchi o‘zining ketishi haqida hali yanvar oyidayoq e’lon qilgan edi. Maykl Kerrik shogirdlarining may oyidagi ilk uchrashuvi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi — raqib «Liverpul» jamoasi.

Kiritildi: 15:33, 02.05.2026.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик