Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

La liga. «Atletik Bilbao» irodali g‘alaba qozonib, «Alaves»ni mag‘lub etdi, Niko Uilyams dubl qayd etdi

La liga. «Atletik Bilbao» irodali g‘alaba qozonib, «Alaves»ni mag‘lub etdi, Niko Uilyams dubl qayd etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Alaves» — «Atletik Bilbao» uchrashuvi yakuniga yetdi. Jamoalar Vitoriya shahridagi «Mendisorrosa» stadionida maydonga tushdi. Uchrashuv 4:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida «Alaves» yarim himoyachisi Antonio Blanko hisobni ochdi. 45-daqiqada VAR yordami bilan maydon egalari xavbeki Alexandro Regoning goli bekor qilindi. 46-daqiqada «Atletik» hujumchisi Robert Navarro hisobni tenglashtirdi. 68-daqiqada Nauel Tenalya mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Oyan Sanset hisobni yana tenglashtirdi. 83-daqiqada Niko Uilyams mehmonlarni oldinga olib chiqdi va 87-daqiqada dubl rasmiylashtirdi.

«Alaves» ayni paytda 34 ta o‘yinda 36 ochko to‘plab, turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. «Atletik Bilbao» esa 44 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan.

Keyingi turda «Alaves» 9 may kuni safarda «Elche»ga qarshi o‘ynaydi. «Atletik Bilbao» esa 10 may kuni o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qiladi.

Ispaniya — La Liga, 34-tur
2 may 2026 yil, shanba. 21:30
«Alaves» (Vitoriya) — «Atletik Bilbao» (Bilbao) — 2:4
Gollar: Blanko 8 (1:0), Navarro 46 (1:1), Tenalya 68 (2:1), Sanset 74 (2:2), Uilyams 83 (2:3), Uilyams 87 (2:4).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:45, 02.05.2026.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик