Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 21:30 Atalanta 3-1 Venetsiya
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
12/10 23:45 Torino 2-1 Udineze
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya

«Bavariya» prezidenti «Real»ga Olise bo‘yicha qat’iy javob qaytardi

«Bavariya» prezidenti «Real»ga Olise bo‘yicha qat’iy javob qaytardi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi prezidenti Gerbert Xayner jamoa qanot hujumchisi Maykl Olisega Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Xaynerning ta’kidlashicha, «Bavariya» hech qanday bosim ostida o‘z futbolchilarini sotishga majbur emas va transfer masalalarida mustaqil qaror qabul qiladi.

«Ishonchim komilki, «Bavariya» futbolchilarini sotishga majbur bo‘ladigan klub emas. Biz barcha qarorlarni kuchli pozisiyadan turib qabul qilamiz», — dedi Xayner Bild TV telekanaliga bergan intervyusida.

Myunxen klubi prezidenti Olisening 2029 yilga qadar amal qiladigan shartnomasiga ham to‘xtalib, fransiyalik futbolchi jamoada yanada uzoqroq qolishiga umid bildirdi.

«U shartnomasini uzaytiradi, deb umid qilaman», — deya qo‘shimcha qildi Xayner.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Olise 2024 yilda Angliyaning «Kristal Pelas» klubidan «Bavariya»ga o‘tgan edi. Shundan buyon u myunxenliklar hujum chizig‘ining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

«Real»ning qiziqishi haqidagi xabarlarga qaramay, «Bavariya» 24 yoshli fransuz futbolchisini o‘z safida saqlab qolish niyatida qat’iy turibdi.

Kiritildi: 14:44, 12.10.2026.
O'qildi: 1472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик