Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Neymar va “Boka Xuniors”: Argentinadagi sirli uchrashuv transfer mish-mishlarini avj oldirdi

Neymar va “Boka Xuniors”: Argentinadagi sirli uchrashuv transfer mish-mishlarini avj oldirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi va “Santos” klubi futbolchisi Neymar Buenos Ayresda ko‘rinish berganidan so‘ng, uning “Boka Xuniors”ga o‘tishi borasidagi xabarlar tarqala boshladi. Ayni damda Braziliyada, “Santos” safida to‘p surayotgan superyulduz Argentinaning ushbu klubi mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurdi va u yerdan esdalik sovg‘alari bilan qaytdi.

“Boka”ga kutilmagan tashrif

Neymarning Argentinada paydo bo‘lishi turli taxminlarga sabab bo‘ldi. Kopa Sudamerikana doirasidagi “San-Lorenso”ga qarshi o‘yin uchun “Santos” tarkibida safarga chiqqan hujumchi fursatdan foydalanib, “Boka”ning mashhur “Bombonera” stadioni yaqinida joylashgan “Kasa Amarilya” mashg‘ulot bazasiga bordi. Tashrif davomida unga ikkita maxsus libos sovg‘a qilindi: biri uning ismi yozilgan futbolka bo‘lsa, ikkinchisini shaxsan “Boka” prezidenti Xuan Roman Rikelme hadya qildi.

“Galaktikos” darajasidagi transfer

Klub ushbu tashrifni shunchaki do‘stona aloqa sifatida baholayotgan bo‘lsa-da, “Barselona” va “PSJ” sobiq yulduzi Argentina klubi libosida suratga tushgani muxlislarda “galaktikos” darajasidagi transfer haqida orzu qilishga asos bo‘ldi. Biroq, rasmiy taklif haqidagi savollarga javob berar ekan, “Boka” mutasaddilari bu xabarlarni rad etib, prezident va futbolchi o‘rtasida hech qanday rasmiy muzokaralar yoki yuqori darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmaganini ta’kidlagan.

“PSJ” bilan bog‘liqlik va Paredesning ta’siri
Neymar va “Boka Xuniors” o‘rtasidagi aloqalarni uning sobiq jamoadoshlari bilan yaqin munosabatlari ham mustahkamlaydi. Buenos Ayresdagi uchrashuvlar davomida u “PSJ”dagi sobiq jamoadoshi Ander Errera bilan ham ko‘rishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Errera “Bombonera”da o‘ynashning o‘zgacha zavqi haqida iliq fikrlar bildirgan. Shuningdek, Leandro Paredes ham do‘stini ushbu klubga olib kelish va birgalikda Libertadores Kubogida g‘olib chiqish niyatini uzoq vaqtdan beri bildirib keladi. Xabarlarga ko‘ra, “Boka” hozirda yulduzli loyiha ustida ishlamoqda – jamoaga Paulo Dibala kelishi ham kutilmoqda. Neymar darajasidagi o‘yinchining qo‘shilishi esa klubning Janubiy Amerikani qayta zabt etish yo‘lidagi ulkan ambisiyasidan dalolat beradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:59, 04.05.2026.
O'qildi: 1505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик