Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Barselona» sobiq rahbari: «Neymar ketganidan so‘ng bir klub Messi uchun 400 mln yevro to‘lamoqchi bo‘lgan»

«Barselona» sobiq rahbari: «Neymar ketganidan so‘ng bir klub Messi uchun 400 mln yevro to‘lamoqchi bo‘lgan»

Baho:
+ | -

«Barselona» sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning ta’kidlashicha, vinger Neymar jamoani tark etganidan so‘ng, nomi oshkor etilmagan klub hujumchi Lionel Messi uchun 400 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan.

«Neymar ketganidan keyin Messi uchun 400 million yevro to‘lamoqchi bo‘lgan jamoa bor edi. Bu qaysi klub ekanligini aytmoqchi emasman, lekin bu «Manchester Siti» emas. Shundan so‘ng biz bu masalada Leo va uning otasi bilan gaplashdik — biz tovon puli miqdorini oshirishimiz kerak edi», — deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi insayder Rashad Rahman o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Neymar Kataloniya klubini 2017 yilda tark etib, o‘shanda «PSJ»ga o‘tgan edi. 2021 yilda esa Messi ham «Barselona»dan «PSJ»ga yo‘l olgandi.

Kiritildi: 21:03, 05.05.2026.
O'qildi: 4421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик