Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«Napoli»da Xyoylundning kelajagi borasida bayonot berildi

«Napoli»da Xyoylundning kelajagi borasida bayonot berildi

Baho:
+ | -

Daniyalik hujumchi Rasmus Xyoylund doimiy asosda «Napoli» o‘yinchisiga aylanadi. Bu haqda klub sport direktori Jovanni Manna ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, neapolliklar 23 yoshli hujumchini o‘tgan yilning sentyabr oyida «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan edi.

«Hech qanday shubha yo‘q Rasmus Xyoylund «Napoli»da qoladi. Agar Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsak, bizda uni «Manchester Yunayted»dan sotib olish majburiyati bor, biroq u bu shartdan qat’i nazar, bizning rejalarimizga kiradi», — deya mutasaddining so‘zlarini keltiradi Manchester United Forever.

«Napoli» tarkibida Xyoylund barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 41 ta o‘yinda maydonga tushdi, 14 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, «Napoli»ning navbatdagi uchrashuvi 11 may kuni «Bolonya»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:44, 06.05.2026.
O'qildi: 263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик