Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro: «Messini g‘azablantirmaslik uchun undan uzr so‘rardim»

Kazemiro: «Messini g‘azablantirmaslik uchun undan uzr so‘rardim»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi, ilgari «Real» sharafini himoya qilgan Kazemiro Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ronaldu? U eng zo‘ri. Shunchaki eng zo‘ri. «El-Klasiko»da Messiga qarshi o‘yin? Har safar unga qarshi to‘p surganimizda, men kamroq gapirishga va uni itarib yubormaslikka harakat qilardim, chunki uning g‘azabini chiqarishni istamasdim. Unga qarshi "podkat" ishlatardim-u, keyin: «Uzr», deb qo‘yardim (kuladi). Uni to‘xtatib qolishning iloji yo‘q — bu imkonsiz. «Barselona» yomon o‘ynashi mumkin edi, lekin keyin Messi gol urardi va ular uch ochkoni qo‘lga kiritishardi.

Mening avlodimda men uchun eng zo‘rlari — Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi, ulardan keyin esa Neymar. Neymar ulardan biroz ortda, chunki u kamroq sovrin yutgan, ammo bu yigit mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda ko‘rsatadigan narsalar — shunchaki «vau»!» — deya Kazemironing so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Ma’lumot uchun, mavsum yakunlangach, Kazemiro «Manchester Yunayted»ni tark etadi.

Kiritildi: 17:54, 12.05.2026.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик