«Chelsi» futbolchilari Xabi Alonsoni bosh murabbiy lavozimiga tayinlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
The Guardian nashri ma’lumotiga ko‘ra, London klubi va mutaxassis vakillari o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.
Jamoa a’zolari sobiq «Real» va «Bayer» murabbiyini klubni yana g‘alabali yo‘lga qaytarish uchun eng munosib nomzod deb hisoblamoqda.
Manbaga ko‘ra, «Chelsi» futbolchilari yangi bosh murabbiy kiyinish xonasida so‘zsiz obro‘ga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
Tomonlar o‘rtasida hozircha rasmiy kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, ispaniyalik mutaxassis «Chelsi» direktorlar kengashining qisqa ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Ushbu ro‘yxatdan Andoni Iraola, Marku Silva va Oliver Glasner ham joy olgan.
Ta’kidlanishicha, Angliya Kubogi finalidan keyin tayinlov jarayoni tezlashishi mumkin.













