Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» yulduzi «Manchester Siti»ga qarshi final oldidan fikr bildirdi

«Chelsi» yulduzi «Manchester Siti»ga qarshi final oldidan fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya Kubogi finalidan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv bugun «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

«Men juda hayajondaman. Hamisha sovrinlar yutishni orzu qilaman va har kuni shu maqsad yo‘lida mehnat qilaman. Klub uchun ham, o‘z faoliyatim uchun ham hamisha g‘alaba qozonishni istayman. Final oldidan ruhiyatim juda yuqori va g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishonchim komil», – deya argentinalik futbolchining so‘zlarini keltirmoqda Angliya OAVlari.

O‘tgan mavsumda Enso Fernandes «Chelsi» safida Konferensiyalar ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylangan edi. «Manchester Siti» esa, o‘z navbatida, joriy mavsumda allaqachon bitta sovrinni – Angliya liga kubogini qo‘lga kiritib ulgurdi.

Kiritildi: 10:59, 16.05.2026.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик