Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Baho:
+1 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Osiyo Chempionlar ligasi–2 2025/2026 mavsumi finalida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» va Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoalari Ar-Riyodda to‘qnash kelishdi. Unda "kunchiqar yurt" vakillari kichik hisobda g‘alaba qozonishdi.

O‘yindagi yagona golni 30-daqiqada turkiyalik hujumchi Deniz Xummet kiritdi.

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo samarali harakat amalga oshira olmadi. Mezbonlar o‘yin davomida raqib darvozasiga 11 ta aniq zarba yo‘llashgan bo‘lsa, "Gamba" 3 ta aniq zarbaning bittasini golga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.

Osiyo Chempionlar ligasi–2. Final
16 may 2026 yil
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni. «Kingdom Arena»
An-Nasr — Gamba Osaka — 0:1
Gol: 0:1 — Deniz Xummet, 30

Yarim finalda «An-Nasr» Qatarning «An-Ahli» jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, «Gamba Osaka» Tailandning «Bangkok Yunayted» klubini 3:0 hisobida yenggan edi.

Kiritildi: 05:16, 17.05.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик