Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zil «Real»dagi o‘rinbosari kim ekanligini aytdi

O‘zil «Real»dagi o‘rinbosari kim ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» va Madridning «Real» klublari sobiq futbolchisi Mesut O‘zil «qirollik klubi»dagi o‘rinbosari kim ekanligini aytdi. U turkiyalik yarim himoyachi Arda Gyulerni alohida e’tirof etdi.

«Gyuler — Madriddagi mening vorisim. O‘ylaymanki, bu yigit mendan ko‘ra ancha katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Uning o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlaydi. U bundan ham kuchliroq bo‘la oladi», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi Madrid Xtra akkaunti keltiradi.

21 yoshli Gyuler 2023 yilning yozidan buyon Madrid grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Turkiyalik yarim himoyachining «qaymoqranglilar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali ekspertlari ushbu yarim himoyachining bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:35, 17.05.2026.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик