Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real»ning yosh yulduzi JCH-2026 ni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Real»ning yosh yulduzi JCH-2026 ni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen bo‘lajak Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi xavfi ostida turibdi. So‘nggi paytlarda ispaniyalik futbolchining jismoniy holati maqtagulik emas, shu sababli u «qaymoqranglilar»ning yaqinda «Real Ovyedo» va «Barselona»ga qarshi o‘tkazilgan ikkita o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Diario AS nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qizil furiya» bosh murabbiyi Luis de la Fuente 21 yoshli futbolchini mundialning yakuniy qaydnomasiga kiritishi so‘roq ostida turibdi. Markaziy himoyachi tarkibdan tashqarida qolib ketishi hech gap emas.

Din Xyoysen 2025 yilning mart oyidagi debyutidan buyon Ispaniya terma jamoasi safinda jami 7 ta o‘yin o‘tkazgan. Joriy mavsumda esa u «Real» tarkibida barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:20, 17.05.2026.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик