Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kazemiro Manchesterdagi to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng muxlislarga ta’sirli xat yozdi

Kazemiro Manchesterdagi to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng muxlislarga ta’sirli xat yozdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro klub bilan xayrlashuvga bag‘ishlangan post qoldirdi.

Yakshanba kuni kunduzi braziliyalik futbolchi «Old Trafford»da «qizil iblislar» safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Bahs maydon egalarining «Nottingem Forest» ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yarim himoyachi mahalliy muxlislar bilan xayrlashdi, keyinroq esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maxsus post e’lon qildi.

«Hayotda bizning bir qismimizga aylanib qoladigan joylar bo‘ladi. Manchester doimo mening uyim bo‘lib qoladi. Butun shaharga, klubga va har bir muxlisga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Bu to‘rt yil men va oilam uchun unutilmas bo‘ldi. Biz his qilgan baxt va iliqlikni ta’riflashga so‘z ojiz. Xotiralar va qo‘llab-quvvatlov uchun rahmat. Bundan buyon va abadiy "qizil iblisman"», — deb yozdi 34 yoshli futbolchi.

Kazemiro mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.

Kiritildi: 10:49, 18.05.2026.
O'qildi: 1243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик