Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konte De Laurentisga o‘z qarorini aytganini ma’lum qildi

Konte De Laurentisga o‘z qarorini aytganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Napoli» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte klub prezidenti Aurelio de Laurentisga o‘zining keyingi rejalari haqida allaqachon ma’lum qilganiga shama qildi.

«Bizning munosabatlarimiz yaxshi, do‘stona. Aurelio mening qarorim haqida bilganiga bir oy bo‘ldi, men unga xabar berganman. Biz hamma narsa — yaxshilik haqida ham, yomonlik haqida ham gaplashib oldik», — deya Kontening so‘zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Konte o‘zining hozirgi jamoasiga 2024 yilda kelib qo‘shilgan va debyut mavsumidayoq A Seriyada chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan edi. U ilgari Italiyada «Atalanta», Turinning «Yuventus» va Milanning «Inter» klublarida ham faoliyat yuritgan. Tarqalayotgan mish-mishlarga ko‘ra, u yana Italiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 12:37, 18.05.2026.
O'qildi: 414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик