Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

O‘zbekistonlik tennischilar “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik tennischilar “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

24 may – 7 iyun kunlari tennis olamidagi eng nufuzli musobaqalardan biri Fransiya ochiq chempionati — “Rolan Garros” turniri bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu turnirning saralash bahslari o‘tkazilmoqda.

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik raketka ustalari ham ishtirok etadi. Xususan, o‘smirlar toifasidagi bahslarda jahon reytingining 18-pog‘onasidan joy olgan Nikita Belozersev ham qatnashadi.

Ma’lumot uchun, ushbu turnirning saralash va asosiy to‘r bahslarida, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan tennischilar ham kortga chiqadi. WTA reytingida 89-pog‘onani egallab turgan Kamila Rahimova turnirning asosiy davrasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan.

Mariya Timofeeva (119) hamda Polina Kudermetova (125) esa o‘z ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlaydi. Bugun tennischilar kvalifikasiyaning ilk davrasida quyidagi raqiblariga qarshi kortga chiqishadi:

Mariya Timofeeva – Breys Kedens (Kanada, 202)
Polina Kudermetova – Anuk Kovermans (Niderlandiya, 158)

“Rolan Garros” dunyodagi eng nufuzli qumli kort turniri bo‘lib, hozirgi kunda ushbu qoplamada o‘tkaziladigan yagona “Katta dubulg‘a” musobaqasidir. Turnirda yakkalik bahslarida g‘olib bo‘lgan tennischi 2000 reyting ochkosi va 2,5 million yevro miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:47, 19.05.2026.
O'qildi: 219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик