Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Selta» klub afsonasini saqlab qoldi

«Selta» klub afsonasini saqlab qoldi

Baho:
+ | -

«Selta» hujumchisi Yago Aspas yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

38 yoshli hujumchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, Aspas keyingi mavsumni jamoada futbolchi sifatida o‘tkazadi, shundan so‘ng Vigo klubi tuzilmasida lavozimga ega bo‘ladi.

«Selta» afsonasi jamoa safida 571 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 222 ta gol va 90 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. La Liganing yakuniy turi oldidan Vigo klubi 51 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. 23 may kuni «Selta» o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 15:00, 21.05.2026.
O'qildi: 215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик