Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Azmun: «Men Eron farzandiman va o‘z xalqimni xursand qilishni istayman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Sardor Azmun Eron ommaviy axborot vositalarida uni Eronga sodiq emaslikda ayblagan tanqidlarga javob qaytardi.

BAAning «Shabab Al-Ahli» klubida to‘p tepayotgan Azmun Eron terma jamoasining JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilmadi. Eron milliy axborot agentligi (IRNA) 31 yoshli futbolchining jarohati haqida xabar bergan edi, biroq keyinchalik qator OAVlarda Azmun BAA Bosh vaziri Muhammad ibn Rashid Al Maktum bilan tushgan suratini e’lon qilgani sababli jahon chempionatiga chaqirilmagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

«Ko‘pchilik bilmasligi mumkin bo‘lgan ba’zi narsalar va kimlarnidir meni shoshilib hukm qilishga majbur qilgan tushunmovchiliklar haqida chin qalbimdan gapirib bermoqchiman. Men doim o‘z terma jamoam uchun faxr bilan o‘ynaganman. G‘alaba qozonganimizda o‘zim va jamoadoshlarim bilan faxrlanardim. Mag‘lubiyatga uchraganimizda esa hammadan ko‘ra ko‘proq xafa bo‘lardim. Men futbolni va vatanim Eronning ajoyib, loyiq insonlarini yaxshi ko‘raman. Ularning mehribonligi va doimiy qo‘llab-quvvatlashi menga doim kuch berib kelgan.

O‘smirlik chog‘imda boshqa davlat sharafini himoya qilishim uchun katta moliyaviy taklif olganman. O‘shanda javobim shunday bo‘lgandi: «Men Eron farzandiman va o‘z xalqim uchun o‘ynashni hamda ularni baxtli qilishni xohlayman». Men o‘z-o‘zimga va’da berganman: har safar Eron terma jamoasida o‘ynaganimda, futbolni mehr bilan kuzatadigan insonlarga, ayniqsa g‘alabalarimizni bayram qiladigan chekka shahar va qishloqlardagi bolajonlarga quvonch ulashish uchun bor kuchimni beraman. Qayerda o‘ynashimdan qat’i nazar, mening o‘zligim, qalbim va g‘ururim — bu Eron.

Jahon chempionatida futbolchilar va murabbiylar shtabiga muvaffaqiyat tilayman. Boring va g‘alaba qozoning, do‘stlarim, eronliklar qalbini shod eting», — deb yozdi Azmun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 15:27, 21.05.2026.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик