Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Keyn «Oltin butsa» poygasida Xoland va Mbappeni ortda qoldirdi

Keyn «Oltin butsa» poygasida Xoland va Mbappeni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritadi. Angliyalik futbolchi yakunlangan Bundesliga mavsumida 36 ta gol urdi.

Yevropa «Oltin butsa»sining umumiy hisobida myunxenliklar forvardi yaqin ta’qibchisi — Angliya Premyer-ligasida 27 ta gol urgan «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolanddan ancha oldinda. Uchinchi o‘rinni esa Madridning «Real» klubidan Kilian Mbappe band etdi — uning hisobida La Ligada urilgan 25 ta gol bor.

Eslatib o‘tamiz, beshta yetakchi ligada urilgan gollar uchun ochkolar ikki barobarga ko‘paytiriladi. Shu tariqa, Keyn 72 ochko bilan marraga yetdi, Xolandda 54, Mbappeda esa 50 ochko mavjud. Umumiy hisobda Keyn o‘tgan mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlarda o‘tkazilgan 51 ta o‘yinda 61 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 08:22, 25.05.2026.
O'qildi: 1091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик