Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kvarasxeliya: «Bu tuyulganchalik oson emas»

Kvarasxeliya: «Bu tuyulganchalik oson emas»

Baho:
+ | -

Gruziyalik hujumchi Xvicha Kvarasxeliya Chempionlar ligasidagi sermahsul o‘yini haqida gapirib berdi.

— Pley-offning so‘nggi yettita o‘yinida yettita gol urdingiz, lekin sizga qarasak, doim juda xotirjam va erkin ko‘rinasiz. Bunga qanday erishasiz?

— Bu tuyulganchalik oson emas, chunki Chempionlar ligasida barcha jamoalar kuchli va ularga gol urish juda murakkab. Biroq mening ajoyib jamoadoshlarim bor, ular men uchun vaziyatlar yaratib berishmoqda, mendan esa faqat zarba berish va gol urish talab etiladi, xolos. Ayni damda gol urayotganimdan faxrlanaman. Men yaxshi sport formasidaman va shunchaki o‘z ishimni iloji boricha yaxshiroq bajarishga harakat qilyapman, ammo bundan ham ko‘proq gol urishni istayman, — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini «PSJ» rasmiy sayti keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30 may kuni «PSJ» Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 11:08, 26.05.2026.
O'qildi: 273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик