Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» «Atalanta» yulduzi uchun jiddiy kurashga tayyor

«Inter» «Atalanta» yulduzi uchun jiddiy kurashga tayyor

Baho:
+ | -

Italiya chempioni — «Inter» yozgi transfer oynasida «Atalanta»ning 21 yoshli iqtidorli qanot himoyachisi Marko Palestrani tarkibga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Jurnalist Simone Tonyaning xabar berishicha, «neradzurrilar» rahbariyati Denzel Dyumfrisning kelajagidan qat’i nazar, ushbu transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Kristian Kivu iqtidorli futbolchini har ikki qanotda ham samarali foydalanishni ko‘zlamoqda. «Inter» boshqa top-klublarning jiddiy raqobatiga qaramay, yosh himoyachi uchun kurashda davom etishga tayyor.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumni «Kalyari» safida ijara asosida o‘tkazgan Marko Palestra A Seriyada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:35, 27.05.2026.
O'qildi: 205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик