Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mateta: «Biz buni uddaladik!»

Mateta: «Biz buni uddaladik!»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas»ning fransiyalik hujumchisi Jan-Filipp Mateta jamoasining Konferensiyalar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Ispaniyaning «Rayo Valyekano» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi va aynan Mateta yagona gol muallifiga aylandi.

«O‘zimni ajoyib his qilyapman! Ajoyib! Biz buni uddaladik! Yevropadagi ilk tajribadayoq biz bunga erishdik. Endi shunchaki bayram qilmoqchiman. Bu yigit [o‘tgan mavsumgacha 13 yil davomida klubda to‘p surgan Joel Uord] ham biz bilan birga nishonlashi kerak», — dedi Mateta TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

«Biz bor kuchimizni berdik. Sizlarga ularning o‘yin intensivligi qanday bo‘lishini aytgandim, hozir esa juda charchaganman — o‘zimni to‘liq bag‘ishladim. Bugun aynan shuning uchun ham g‘alaba qozondik».

«Men har doim muxlislar bilan birgaman. Ular meni futbolchi sifatida juda kuchli qo‘llab-quvvatlashdi. Ular hamisha ortimizda turishadi. Biz bu g‘alabani ular uchun ham qo‘lga kiritdik».

Bu sovrin jamoaning 120 yillik tarixidagi ilk yevrokubok muvaffaqiyati hisoblanadi. Bir yil avval «burgutlar» Angliya kubogi va Superkubogini ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Kiritildi: 08:45, 28.05.2026.
O'qildi: 261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик