Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» va «PSJ» jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Londonliklarning asosiy darvozaboni David Rayya hisoblanadi. Parijliklar darvozasini esa Matvey Safonov qo‘riqlamoqda.
Joriy mavsumdagi Chempionlar ligasi o‘yinlarida ispaniyalik darvozabon 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda atigi to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Safonov esa Rayyadan uchta kam o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, o‘z darvozasidan 12 ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.
Qishda Matvey Safonov Renato Marin va Lyuka Shevalye bilan raqobatda ustun kelib, asosiy tarkibdan joy oldi. Luis Enrike hozirda rossiyalik posbonga to‘liq ishonch bildirmoqda.













