Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Jek Uilsher jamoasining Chempionlar ligasi finalida "PSJ"dan uchralgan mag‘lubiyatiga izoh berdi.
"Buni qabul qilish uchun vaqt kerak, lekin men Mikel Arteta bilan "Arsenal" navbatdagi finalni yana 20 yil kutishiga to‘g‘ri kelmasligiga to‘liq ishonaman. Men penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishimizga ishongan edim, ammo afsuski, bunday bo‘lmadi", – deya hozirda "Luton Taun" bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Uilsherning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Arsenal Radar.
"Arsenal" haligacha Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan. "Kanonirlar" kechagi finalgacha bo‘lgan yagona finalini 2006 yilda "Barselona"ga boy bergan edi.













