Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kimmix yirik g‘alabadan so‘ng Germaniya terma jamoasi o‘yiniga baho berdi

Kimmix yirik g‘alabadan so‘ng Germaniya terma jamoasi o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi sardori Yozua Kimmix Finlyandiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi (4:0) g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yulian Nagelsmann shogirdlari Deniz Undav (dubl), Florian Virs va Jamal Musialaning gollari evaziga zafar quchishdi.

«Biz 90 daqiqa davomida raqibga deyarli imkoniyat qoldirmadik, shuning uchun natija haqqoniy bo‘ldi. Biz iloji boricha tez-tez yuqori pressing qo‘llashni istagandik — aynan shuning evaziga Undav gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, bittadan golni qarshi hujum va standart vaziyatdan keyin kiritdik, demak, bugun o‘zimizni turli jihatlardan ko‘rsata oldik. Bizda iste’dodli jamoa bor, lekin bu mahoratni har bir o‘yinda maydonda isbotlashimiz kerak», — dedi uchrashuvda golli uzatmani amalga oshirgan Kimmix.

Germaniya terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni 6 iyun kuni AQSHga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi bilan davom ettiradi.

Kiritildi: 05:25, 01.06.2026.
O'qildi: 254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик