Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alba Messining o‘ziga xosligi haqida: «Siz buni televizor orqali ko‘ra olmaysiz»

Alba Messining o‘ziga xosligi haqida: «Siz buni televizor orqali ko‘ra olmaysiz»

Baho:
+3 | -

Taniqli sobiq himoyachi Jordi Alba sobiq jamoadoshi Lionel Messi xarakterining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib berdi. Ispaniyalik va argentinalik futbolchilar birgalikda «Barselona» va «Inter Mayami» safida to‘p surishgan. O‘tgan yilning oxirida Alba professional faoliyatini yakunladi.

«Messi nihoyatda raqobatbardosh. Ehtimol, siz buni televizor orqali ko‘ra olmaysiz, lekin u bilan kundalik hayotda muloqot qilganingizda, nega u sakkizta «Oltin to‘p» yutganini tushunib yetasiz. U kurash va g‘alabalarga mukkasidan ketgan», — deb iqtibos keltiradi Albaning so‘zlaridan ispan OAVlari.

Lionel Messi o‘z faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uch haftadan so‘ng «Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi yulduzi 39 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 11:45, 03.06.2026.
O'qildi: 287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик