Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano «Real»ning Kalafyorini «Arsenal»dan tortib olish imkoniyatlarini baholadi

Fabrisio Romano «Real»ning Kalafyorini «Arsenal»dan tortib olish imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Rikardo Kalafyori Madridning «Real» klubi transfer maqsadlari ro‘yxatida qolmoqda.

Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» haqiqatan ham 24 yoshli italiyalik futbolchining vakillari bilan bog‘lanishgan, biroq klublar o‘rtasidagi rasmiy muzokaralardan hali ancha yiroq.

«Bir necha hafta avval «Real» vakillari Kalafyorining atrofidagi insonlar bilan aloqaga chiqib, u haqida ma’lumot so‘rashdi. Rikardo «Arsenal» uchun juda muhim figura hisoblanadi, shu sababli «Real» uchun ushbu kelishuvni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Biroq Madrid klubi aynan shunday toifadagi futbolchini qidirmoqda», — dedi Romano.

Kalafyorining transfer bahosi Transfermarkt portali tomonidan 55 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 08:59, 05.06.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик