«Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh «Manchester Yunayted» va «PSJ» klublarining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
«Bog‘alovchilar» yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra Premyer-ligadagi o‘rinlarini saqlab qola olishmadi, biroq ular portugaliyalik futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan da’vogarlarga yon berish fikridan yiroq. Jurnalist Lauri Uitvellning xabar berishicha, London klubi o‘z yulduzi uchun 80 million funt sterling (92 million yevrodan ko‘proq) talab qilmoqda.
«Qizil iblislar» va parijliklar 21 yoshli futbolchi uchun bosh da’vogar hisoblanishadi, bundan tashqari, manchesterliklar istiqbolli xavbek bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Mateush Fernandesh Angliya chempionatining yakunlangan mavsumida «Vest Xem» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.













