Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rio Ngumoa Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh 5-debyutantga aylandi

Rio Ngumoa Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh 5-debyutantga aylandi

Baho:
+ | -

«Liverpul» vingeri Rio Ngumoa Angliya terma jamoasi safida debyut qildi. Yosh futbolchi Yangi Zelandiyaga qarshi kechgan va «uch sherlar»ning minimal hisobdagi (1:0) g‘alabasi bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvining tanaffusidan so‘ng zaxiradan maydonga tushdi.

Vunderkind Angliya milliy terma jamoasi tarixidagi eng yosh beshinchi debyutantga aylandi — 17 yosh-u 281 kunlik. Rekord hali ham Teo Uolkottga tegishli bo‘lib, u 2006 yilda 17 yosh-u 75 kunligida ilk bor maydonga tushgan edi.

Aynan Ngumoa Angliya va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Biroq Rio bo‘lajak jahon chempionatida o‘ynamaydi — Tomas Tuxel uni mundial qaydnomasiga kiritmagan.

Kiritildi: 08:46, 07.06.2026.
O'qildi: 393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик