Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Aston Villa» Sanchoni doimiy asosda sotib olishi mumkin

«Aston Villa» Sanchoni doimiy asosda sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Vinger Jedon Sancho ijara muddati tugaganidan keyin ham «Aston Villa»da qolishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor va uni erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 26 yoshli ingliz futbolchisining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Sancho Birmingem klubi tarkibida muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazdi va jamoaning rotasiyasida muhim rol o‘ynab, «Aston Villa»ning Yevropa Ligasi kubogini qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Birmingemliklarning sobiq skauti Mik Braunning fikricha, to‘laqonli transfer amalga oshishi ehtimoli bor, biroq ko‘p narsa moliyaviy shartlarga bog‘liq bo‘ladi.

«Villa» unga «Manchester Yunayted»da olgan maoshiga yaqin bo‘lgan mablag‘ni ham to‘lamaydi. Aynan shu sabab tufayli u o‘z vaqtida «Chelsi» bilan kelisha olmagan edi», — deya ta’kidladi Braun.

Avvalroq Dortmundning «Borussiya» klubi rahbariyati ham Sanchoni taklif qilishdan manfaatdor ekani va uning klubga uchinchi bor qaytishi imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 17:22, 07.06.2026.
O'qildi: 149 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик