Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nyukasl» «Barselona»ga ketgan Gordon o‘rniga Bundesligadan o‘rinbosar topdi

«Nyukasl» «Barselona»ga ketgan Gordon o‘rniga Bundesligadan o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» klubi «Barselona»ga o‘tib ketgan Entoni Gordonning o‘rnini qaysi futbolchi bilan to‘ldirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Sebastyen Vidalning xabar berishicha, «qarg‘alar» bir nechta variantlarni ko‘rib chiqishmoqda va «Kyoln» klubining 19 yoshli vingeri, Germaniyaning eng asosiy iqtidorlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Said El-Malaning agentlaridan futbolchi haqida ma’lumot so‘rashgan.

Avvalroq, ushbu futbolchining 50 million yevro evaziga «Brentford» klubiga amalga oshishi kutilgan transferi bekor bo‘lgan edi. Ortda qolgan mavsumda El-Mala Bundesliga doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bor ishg‘ol etdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Vingerning «Kyoln» klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:04, 07.06.2026.
O'qildi: 197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик