«Barselona» klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo Jahon chempionati boshlanishi oldidan Urugvay terma jamoasi ixtiyorida jarohat oldi. 27 yoshli futbolchi mushaklaridagi yengil noqulaylikdan aziyat chekmoqda, deb xabar beradi «Mundo Deportivo» nashri.
Kutilishicha, urugvaylik himoyachi klub tibbiy xodimlaridan muolaja olish uchun qisqa vaqtga Barselonaga qaytadi. Ertaga, ya’ni seshanba kuniyoq futbolchi Urugvay terma jamoasi qarorgohiga qaytishi kerak.
Ronald Arauxoning Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvdagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda. Ushbu bahs 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichining keyingi o‘yinlarida urugvayliklar Kabo-Verde va Ispaniya terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.













