Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Roberto Martines: «Bernardu Silvaning «Barselona»ga moslashib ketishiga shubham yo‘q»

Roberto Martines: «Bernardu Silvaning «Barselona»ga moslashib ketishiga shubham yo‘q»

Baho:
+1 | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etadigan yarim himoyachi Bernardu Silvaning mahoratiga yuqori baho berdi.

«Menimcha, Bernardu shunchalik ajoyib futbolchiki, u istalgan jamoa kiyinish xonasiga osongina kirishib keta oladi. Bunday o‘yinchilar shunchaki paydo bo‘lib qolmaydi, u har qanday uslub va o‘yin tizimiga moslashib, ularni yanada yaxshilay oladi.

Bu yerda gap pozisiyada emas, balki undagi futbol intellektida. Uning texnikasi maydondagi o‘zi ishtirok etgan har qanday vaziyatda ustunlik qilishga yordam beradi. Uning «Barselona»ga moslashib ketishiga shubham yo‘q», – dedi Martines.

Avvalroq Bernarduning «ko‘k-anorranglilar» safiga erkin agent maqomida qo‘shilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 13:01, 08.06.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик