Bosniya futboli faxriysi Edin Jeko qirq yoshgacha to‘p tepa olishini xayoliga ham keltirmaganini tan oldi. Hozirda u aynan mana shu yoshda faoliyatidagi va Bosniya va Gersegovina tarixidagi ikkinchi Jahon chempionatiga yo‘l olmoqda.
«Bolaligimda qirq yoshgacha o‘ynay olaman deb o‘ylamagandim. Hatto bundan o‘n yil oldin ham bu haqda fikr yuritmaganman. Ammo hozir, o‘z tanamga juda e’tiborli bo‘lganim sababli, o‘zimni top-formada his qilyapman. Yakunlangan mavsumdagi o‘yinlarim ko‘rsatganidek, men «Shalke»ga ham, milliy terma jamoamga ham foyda keltira olaman», — deya Jekoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.
Bosniya terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichida Qatar, Kanada va Shveysariya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













