Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Somalilik hakam Artan JCH–2026ga qo‘yilmagani sababini aytdi

Somalilik hakam Artan JCH–2026ga qo‘yilmagani sababini aytdi

Baho:
+ | -

Somalilik hakam Omar Abdulqodir Artan 2026 yilgi jahon chempionatida ishlash uchun AQSHga kirishiga ruxsat berilmagani bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Hodisa Mayami xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan.

Hakam mamlakatga diplomatik pasport bilan kelgan, biroq AQSH immigrasiya xizmatlari uning mamlakatga kirishiga ruxsat bermagan. Rad etish sabablari rasman ma’lum qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati–2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

«Menimcha, ularning [AQSHning] mening mamlakatim bilan bog‘liq muammolari bor. Menda barcha zarur hujjatlar mavjud edi. Vizam ham to‘g‘ri rasmiylashtirilgandi. Men juda-juda qattiq xafa bo‘ldim. Men faqat o‘z orzusini ro‘yobga chiqarishga intilayotgan hakamman. Hayotimdagi eng katta orzuim — jahon chempionatida ishtirok etish edi», — dedi Artan.

Omar Abdulqodir Artan jahon chempionatining final bosqichi uchun tanlangan ilk somalilik hakam bo‘lgan edi. Shuningdek, u 2025 yilda Afrika futbol konfederasiyasi tomonidan qit’aning eng yaxshi hakami deb topilgan.

Ma’lumot uchun, Somali fuqarolari AQSHga kirishda muayyan cheklovlarga duch keladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu mamlakat fuqarolari uchun ayrim toifadagi vizalarni berish taqiqlangan bo‘lib, diplomatlar va tashrifi AQSH milliy manfaatlariga mos deb topilgan shaxslar bundan mustasno hisoblanadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:22, 10.06.2026.
O'qildi: 369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик