Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Morata «Barselona»ga amalga oshmay qolgan transferi tafsilotlarini oshkor qildi

Morata «Barselona»ga amalga oshmay qolgan transferi tafsilotlarini oshkor qildi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi hujumchisi Alvaro Morata o‘z vaqtida Kataloniyaning «Barselona» jamoasiga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgani haqida gapirib berdi. Bu haqda Barca Universal nashri xabar bermoqda.

«Ha, men «Barselona»ga o‘tishga juda yaqin kelgandim. «Barsa» bilan shartnoma imzolash men uchun butunlay boshqacha tajriba bo‘lardi. O‘shanda Xavi menga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, o‘sha vaziyatda jamoaga yordam bera olishim mumkinligini aytgandi. U o‘zi joriy qilmoqchi bo‘lgan pressing uslubini tushuntirib, mening o‘yin uslubim ular uchun juda foydali bo‘lishini ta’kidlagan edi», — deya eslaydi ispaniyalik tajribali hujumchi.

Ma’lumot uchun, Alvaro Morata yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «Komo» tarkibida barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 13:20, 11.06.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик