Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fabrisio Romano tasdiqladi: Bernardu Silva faoliyatini «Real Madrid»da davom ettiradi

Fabrisio Romano tasdiqladi: Bernardu Silva faoliyatini «Real Madrid»da davom ettiradi

Baho:
+ | -

«Real» yaqin orada «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silvaning transferini rasmiylashtiradi, deya da’vo qilmoqda insayder Fabrisio Romano.

Manbaning xabariga ko‘ra, Madrid klubi 31 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan, uzaytirish imkoniyatiga ega shartnomani kelishib olgan.

Bernardu Silva 2017 yilning iyul oyidan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2026 yilning aprel oyida futbolchi shartnoma muddati tugagach, iyun oyida jamoani tark etishini ma’lum qilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Silva «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 22 million yevroga baholamoqda. Xavbekka «Real»dan tashqari «Barselona» ham qiziqish bildirayotgan edi.

Kiritildi: 02:19, 12.06.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик