Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella Jahon chempionatining ikkinchi turidan o‘rin olgan Paragvayga qarshi bahs oldidan jamoa tarkibiga jiddiy o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkish Football nashri xabar bermoqda.
Avstraliyadan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:2) so‘ng, mutaxassis hujum chizig‘ini o‘zgartirish niyatida. Turnirning dastlabki o‘yinida zaxiradan muvaffaqiyatli qo‘shilgan «Yuventus» futbolchisi Kenan Yildiz Kerem Aktyurkog‘lu o‘rniga asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Shu bilan birga, Barish Alper Yilmaz katta ehtimol bilan pozisiyasini o‘zgartiradi va markaziy hujumda yoki o‘ng qanotda harakat qiladi.
Yarim himoyada ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda, u yerda murabbiylar shtabi Jan Uzun va Deniz Gyul variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, himoyaning o‘ng qanotida Mert Myuldyur Zeki Chelikni almashtirishi mumkin.
Turkiya terma jamoasi birinchi turdan keyin «D» guruhi turnir jadvalini yakunlab turibdi. 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Paragvayga qarshi uchrashuv Montella jamoasi uchun Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish yo‘lidagi hal qiluvchi bahsga aylanadi.













