Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

De la Fuente Yamalning navbatdagi o‘yinda qancha daqiqa maydonda harakat qilishiga javob berdi

De la Fuente Yamalning navbatdagi o‘yinda qancha daqiqa maydonda harakat qilishiga javob berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamalning holati haqida gapirib berdi.

«Barselona»ning 18 yoshli futbolchisi yaqindagina jarohatidan qutildi. JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kabo-Verdega qarshi bahsda (0:0) yulduzli futbolchi faqatgina 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, biroq ispaniyaliklarning kutilmagan ochko yo‘qotishining oldini ola bilmadi.

«Saudiya Arabistoniga qarshi navbatdagi o‘yin oldidan vaziyatni baholashimiz kerak. O‘yinlar taqdiri ikkinchi bo‘limda hal bo‘ladi, shuning uchun ehtiyotkorlikni saqlash lozim. Qaror qabul qilishdan oldin Laminning holatini hisobga olamiz. Nazarimda, u maydonda taxminan 45 daqiqa harakat qila oladi», — dedi de la Fuente matbuot anjumanida.

Ispaniya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00'da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:41, 19.06.2026.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик