Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Anchelotti Rafinyaning jarohati haqida fikr bildirdi

Anchelotti Rafinyaning jarohati haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Gaitiga qarshi o‘yinda Rafinya Diasni jarohat sabab yo‘qotdi.

«Barselona» futbolchisi uchrashuvning 40-daqiqasida, hisob 2:0 bo‘lib turgan bir vaqtda majburiy ravishda zaxiraga olindi. Qaltis vaziyatga qaramay, braziliyaliklar o‘yin oxirigacha yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yirik — 3:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirishdi.

«Rafinyaning holati keyingi kuni tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Hozircha uning son orqa mushagi qay darajada shikastlanganini aniq ayta olmaymiz», — deya Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining so‘zlarini keltirmoqda Ispaniya OAVlari.

Insayderlarning xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi jiddiy jarohatdan qutilib qolgan ko‘rinadi. Biroq uning safga qaytish muddati hozircha ochiqlanmagan.

25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da «pentakampeonlar» guruh bosqichining so‘nggi turida Shotlandiyaga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 13:53, 20.06.2026.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик