Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Atletiko» «PSJ» futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

«Atletiko» «PSJ» futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«PSJ» klubining 25 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Li Kan-In Madridning «Atletiko» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, Bernardu Silva transferi barbod bo‘lganidan keyin Ispaniya grandi bor e’tiborini «PSJ» xavbekiga qaratgan. Qayd etilishicha, «matraschilar» janubiy koreyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga ulgurgan. Endi «Atletiko» Kan-In uchun 35 million yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qilayotgan «PSJ» rahbariyatini ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.

Madridliklar qarorni tezroq qabul qilish zarurligini yaxshi tushunib turishibdi, chunki Jahon chempionatidan so‘ng Kan-Inga boshqa jozibali takliflar paydo bo‘lishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:18, 20.06.2026.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик