Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Liverpul» Diomande uchun yangi taklif tayyorlamoqda

«Liverpul» Diomande uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«RB Leypsig» klubi vingeri Yan Diomande «Liverpul»ning asosiy transfer maqsadlari qatoridan joy olishda davom etmoqda.

Angliya grandi 19 yoshli futbolchi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilgan edi, biroq «qizil buqalar»ni bunday shartlar qoniqtirmadi. Taniqli jurnalist Pol Joysning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda «Liverpul» ushbu istiqbolli ivuarlik futbolchi uchun yangilangan rasmiy taklif bilan chiqish niyatida.

Aslida «RB Leypsig» Yan Diomandeni sotishni istamayapti, shu sababli ular faqatgina o‘zlari uchun «o‘ta foydali» bo‘ladigan kosmik takliflarnigina ko‘rib chiqishlari mumkin. Yakunlangan mavsumda yosh iqtidor egasi nemis jamoasi safida barcha turnirlarda jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 10:35, 21.06.2026.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик